Samsung va Marimekko the Frame televizori uchun cheklangan nashrdagi illyustratsiyalarini chiqarish rejasida
Samsung Electronics va Marimekko [1] — mehmonimiz bo‘lmish Finlandiya dizaynerchilik xonadoni Samsung’ning layfstayl televizori The Frame uchun cheklangan nashrdagi illyustratsiyalarini taqdim etish bo‘yicha hamkorlik qildi. 1-fevraldan boshlab Marimekko The Frame uchun 40 ta illyustratsiya dizaynini Samsung Art Store’da taqdim etadi.
“Marimekko kundalik hayotimizning go‘zalligi va quvonchini qadrlab kelgan”, dedi Marimekko kompaniyasining bosh marketing direktori Sanna-Kaisa Niikko. “Kunni yangi rasmlar bilan boshlash uchun faxrli naqshlarimizni yangi auditoriyaga yetkazishdan juda mamnunmiz. Ayniqsa, Samsung bilan hamkorlikda Unikkoning 60 yilligini nishonlash biz uchun sharafdir.”
Samsung Art Store va Marimekko: san’at va innovatsiyalar uyg‘unlashadigan maskan
Samsung’ning innovatsiyalarga sodiqligi ushbu cheklangan nashrdagi hamkorlik bilan zamonaviy tus olib, Marimekkoning 30 ta sara shoh asarlaridan iborat galereyani The Frame’ga olib kiradi. Fasllar almashinuvini aks ettirish uchun foydalanuvchilar o‘z televizorlarini 12 ta rasmdan iborat uchta aylanma to‘plam bilan o‘zgartirishlari mumkin.
Hamkorlik quyidagi rassomlar tomonidan yaratilgan rasmlarga boy san’at portfelini taklif qiladi:
• Maija Isola, mashhur Unikko gul naqshining dizayneri va Marimekko uchun yana 500 dan ortiq ishlangan san’at asarlari
• Ishimoto Fujio, 1970-yillardan buyon brend bilan ishlab kelgan, mukofotga sazovor bo‘lgan yapon dizayneri
• Vakisaka Katsuji, o‘zining organik shakllari va to‘q ranglari bilan mashhur yapon to‘qimachilik dizayneri
• Vuokko Eskolin-Nurmesniemi, o‘zining funksional va zamon tanlamaydigan dizaynlari bilan mashhur fin to‘qimachilik dizayneri
• Maija Louekari, narrativ chiziqli tasvirlarni ajoyib va rangdor yuzalar bilan birlashtirgan dizayner
“Samsung o‘zining Art Store do‘koniga ilk bor qo‘shilgan Finlyandiya dizaynerchilik xonadonini g‘urur bilan e’lon qilmoqchi”, dedi Samsung Art Store Yevropa mahsuloti menejeri Sofiya Monteyro. “Mazkur hamkorlikning maqsadi foydalanuvchilarga bevosita o‘z uylarini Finlandiya ijodkorligi bilan bezashga imkon beruvchi zamon tanlamas dizaynlarni yetkazib berishdan iboratdir. Ushbu ajoyib dizaynlar va didli illyustratsiyalar to‘plami orqali qadrli foydalanuvchilarimizga ma’naviy qiymatga ega tasvirlarni ulashib borishda to‘xtamaslikka umid qilib qolamiz.
Marimekko dizaynlari Samsung Art Store’da The Frame uchun eksklyuziv obuna xizmati bo‘lib, u yerda foydalanuvchilar taniqli rassomlar, muzeylar, galereyalar va dizayn kompaniyalarining 2500 dan ortiq asarlarini ko‘rib chiqib, tanlashlari mumkin.
[1] Marimekko oʻzining original illyustratsiyalari va ranglar tanlovi bilan mashhur boʻlgan, Finlyandiyaning turmush tarziga asoslangan dizaynerchilik kompaniyasidir. Kompaniyaning mahsulot portfeli yuqori sifatli kiyim-kechak, sumka va aksessuarlar, shuningdek, toʻqimachilikdan tortib, idishlargacha boʻlgan bezaklarini oʻz ichiga oladi. Marimekko kompaniyasiga ilk bor 1951-yilda asos solinganida uning misli koʻrilmagan bosma matolari unga oʻziga xos shaxsiyat ato etdi. 2022-yilda kompaniyaning sof qiymati 167 million yevroni, bir sanoatda taqqoslanadigan operatsion foyda esa 30,4 million yevroni tashkil etdi. Uning dunyo miqyosida 35 ta mamlakat boʻylab 150 ga yaqin Marimekko doʻkonlari va onlayn doʻkon xizmatlari mavjud. Asosiy bozorlari Shimoliy Yevropa, Osiyo-Tinch okean mintaqasi va Shimoliy Amerikada joylashgan. Kompaniyada 460 ga yaqin kishi ishlaydi. Kompaniyaning Nasdaq Helsinki Ltd.’dagi ulushi kotirovkalarda hisoblanadi. www.marimekko.com
Qurilmalar > TV va Audio
Mijozlarga xizmat koʻrsatishga aloqador har qanday masala boʻyicha yordam uchun https://www.samsung.com/uz_uz/info/contactus/ ga kiring.
Media fayllar soʻrovi boʻyicha u.nargiza@samsung.com ga kiring.