Samsung’ning AI bilan quvvatlangan maishiy texnikalari Knox Matrix bilan yanada xavfsizlashmoqda

21/10/2024
Share open/close
Havola nusxalandi.

Samsung Electronics xavfsizlikka oid qoʻshimcha yechimlar bilan bir qatorda oʻzining AI maishiy texnikalarini tahdidlardan himoya qiluvchi xususiy xavfsizlik platformasi — Samsung Knox bilan muhofazani yangi darajaga olib chiqmoqda. Kompaniya nafaqat individual mahsulotlar, balki oʻzaro bogʻlangan qurilmalar xavfsizligini kuchaytirish, AI maishiy texnika vositalaridan foydalanishda foydalanuvchilarga xotirjamlik taʼminlashini maqsad qilgan.

 

Samsung Developer Conference 2024 (SDC24)da Samsung Knox Matrix‘ni mobil qurilmalar va televizorlardan maishiy texnikagacha kengaytirish rejalarini eʼlon qildi. Knox Matrix oʻzaro bogʻlangan qurilmalar uchun integratsiyalashgan himoyani taʼminlaydi, bu ularga xavfsizlik tahdidlarini oʻzaro nazorat qilish va foydalanuvchilarni tahdidlarning oldini olish choralari haqida xabardor qilish imkonini beradi.

 

▲ Samsung Electronics kompaniyasining rais oʻrinbosari, bosh direktori va Device eXperience (DX) boʻlinmasi rahbari Jong-Hee Han SDC24 maʼruzasini taqdim etadi

 

Bundan tashqari, Samsung kelasi yili oʻz maishiy texnikalariga mobil biometrik autentifikatsiyani joriy etishni rejalashtirmoqda. Bu esa ID va parollarni kiritish zaruriyatini yoʻqotib, login maʼlumotlari oshkor boʻlishining oldini oladi.

 

Xavfsizlik tahdidlarini aniqlash va foydalanuvchilarni bundan xabardor qilish

Barcha Samsung aqlli uy jihozlari[1] foydalanuvchilarning maʼlumotlarini tashqi tahdidlardan, jumladan, zararli dasturlardan himoya qiluvchi yaxlit va koʻp qatlamli xavfsizlik platformasi boʻlgan Samsung Knox tomonidan himoyalangan. Shu bilan cheklanmagan holda, Samsung oʻzaro bogʻlangan qurilmalar uchun xavfsiz muhit yaratishga kirishdi, chunki qurilmalar oʻrtasidagi zich ulanuvchanlik AI maishiy texnikasi davrida foydalanuvchi imkoniyatlarini yanada qulaylashtiradi va maʼlumotlar oshkor boʻlishidan himoya qiladi.

 

Knox Matrix — bu xususiy blokcheyn texnologiyasidan foydalangan holda oʻzaro bogʻlangan qurilmalar va tarmoqlarni har tomonlama himoya qiluvchi xavfsizlik yechimidir. Tizim Trust Chain, Cross Platform va Credential Sync’dan iborat.

 

▲ Knox Matrix uchta asosiy texnik elementdan iborat

 

Blokcheyn texnologiyasiga asoslanib, Trust Chain oʻzaro bogʻlangan qurilmalarga xavfsizlik tahdidlarini oʻzaro kuzatish imkonini beradi va agar xavfsizlik holati bilan bogʻliq muammo yuz bersa, foydalanuvchilarga tahdidni bartaraf qilish choralari haqida xabar beriladi. Cross Platform oʻzaro bogʻlangan qurilmalar turli operatsion tizimlar (OS) va platformalarda ishlayotgan boʻlsa ham, barqaror xavfsizlik standartlari qoʻllanishini taʼminlaydi. Credential Sync qurilmalar oʻrtasida almashiladigan maʼlumotlarni shifrlaydi va xavfsizlikni taʼminlash uchun akkaunt va parol maʼlumotlarini sinxronlashtiradi.

 

Ilk marta 2024-yilda AI Family Hub™ bilan jihozlangan 4 ta eshikli Bespoke 2024 sovitkichida taqdim etilgan Credential Sync serverdagi qurilmalar oʻrtasida maʼlumotlarni almashish uchun raqamli shifrlash (E2EE) texnologiyasidan foydalangan edi. Maʼlumot oʻzaro bogʻlangan qurilmalar oʻrtasida xavfsiz almashinadi va yangi mahsulot sotib olinganda mavjud foydalanuvchi maʼlumotlari unda tiklanishi mumkin.

 

Samsung kelgusi yildan boshlab Knox Matrix’ning Trust Chain, Cross Platform va Credential Sync funksiyalarini AI Family Hub™ sovitkichi kabi yirik mahsulotlarga kengaytirishni rejalashtirmoqda.

 

Biometrik autentifikatsiyani joriy etish

SDC24 koʻrgazmasida Samsung Passkey kelgusi yilda AI Family Hub™ sovitkichiga hamda 7 dyuymli AI Home LCD ekrani bilan jihozlangan maishiy texnikalarga taqdim etilishini ham eʼlon qildi. Credential Sync funksiyasining bir qismi boʻlgan Passkey funksiyasi raqamli akkaunt maʼlumotlari boʻlib, foydalanuvchilarga oʻz smartfonlaridagi barmoq izlari kabi biometrik maʼlumotlardan foydalangan holda maishiy texnika ilovalari va veb-saytlarga[2] kirish imkonini beradi.

 

Ilovalar va veb-xizmatlardan foydalanish kengayib borgani sayin parollarni oʻgʻirlatib qoʻyish xavfi ortib bormoqda. Passkey bu muammoni bartaraf etadi va har bir login uchun parollarni eslab qolish zaruratini yoʻq qiladi.

 

Bundan tashqari, Samsung apparatga asoslangan xavfsizlikni yanada yaxshilash uchun keyingi yildan boshlab oʻzining sunʼiy intellektga asoslangan maishiy texnikalarida Knox Vault dasturini qoʻllashni rejalashtirmoqda. Knox Vault bilan jihozlangan Samsung maishiy texnikasi parollar va biometrik maʼlumotlar kabi maxfiy maʼlumotlarni alohida xavfsizlik apparati chipida saqlaydi. Bu esa maxfiy maʼlumotlarni operatsion tizimga asoslangan xavfsizlikning buzilishi yoki jismoniy buzib kirishdan himoya qiladi.

 

Yuqori mavqeli tashkilotlar tomonidan xavfsizlik tizimining tan olinishini kengaytirish

Samsung vakolatli tashkilotlar tomonidan xavfsizlik tizimini tasdiqlashni kengaytirish orqali sunʼiy intellekt maishiy texnikalarining ishonchliligini oshirishga intiladi. Fevral oyida AI Family Hub™+ ga ega Bespoke 4 ta eshikli Flex™ sovitkichi UL Solutions – yetakchi sertifikatlash tashkiloti tomonidan oʻtkazilgan IoT xavfsizlik reytingida eng yuqori reyting hisoblangan olmos darajasini olgan, jahon maishiy texnika sanoatida ilk shunday jihozga aylandi. Endi beshta mahsulot, jumladan, Bespoke AI Laundry Combo™ va Bespoke Jet Bot Combo™ AI bir xil reytingga erishdi va sanoat rekordini oʻrnatdi.[3]

 

▲ Bespoke AI Laundry Combo™ UL Solutions tomonidan olmos darajali xavfsizlik reytingini oldi

 

UL Solutions IoT xavfsizlik reytingi xakerlik hujum xatarlari va aqlli uy jihozlarining xavfsizlik imkoniyatlarini sinchkovlik bilan tekshirishga asoslangan besh darajali reyting tizimidan foydalanadi. Olmos reytingi zararli dasturlarni aniqlash, maʼlumotga noqonuniy kirishga urinishlarning oldini olish va foydalanuvchi maʼlumotlarini anonimlashtirish kabi jiddiy baholashlardan oʻtishni talab qiladi. Samsung olmos sertifikatini oʻzining sunʼiy intellekt asosidagi maishiy texnikalariga kengaytirishni rejalashtirmoqda.

 

Shu oʻrinda Samsung AI maishiy texnika xavfsizligini tekshirish uchun har chorak yilda kamida bir marta ichki kiberhujum simulyatsiyalarini oʻtkazadi. Kompaniyaning dasturiy taʼminot ishlab chiquvchilari zaifliklarni aniqlash va har qanday xavfsizlik kamchiliklarini bartaraf etish uchun yangilanishlarni yaratish jarayonida mahsulot va xizmatlar ustida ushbu xakerlik sinovlarini oʻtkazadi.

 

“AI maishiy texnikalarining oʻzaro bogʻlangan ekotizimi kengayishi bilan xavfsizlikning ahamiyati tobora ortib bormoqda”, dedi Samsung Electronics kompaniyasining dasturiy taʼminot ishlab chiqish boʻlimi va raqamli jihozlar biznesi rahbari Miyoung Yoo. “Samsung xavfsizlik yechimlarini ishlab chiqishda davom etadi va Samsung ekotizimida foydalanuvchilar AI maishiy texnika va xizmatlardan xotirjam foydalanishlarini taʼminlash uchun yangi sertifikatlarga erishadi”.

 

 

[1] Samsung Knox 2018- va undan keyingi yillarda ishlab chiqarilgan muayyan jihozlar uchun qoʻllanadi.
[2] Xalqaro Fast Identity Online (FIDO) standartini qoʻllab-quvvatlaydigan veb-saytlarda mavjud.
[3] 2024-yil avgust holatiga koʻra.

Qurilmalar > Uy uchun

Mijozlarga xizmat koʻrsatishga aloqador har qanday masala boʻyicha yordam uchun https://www.samsung.com/uz_uz/info/contactus/ ga kiring.
Media fayllar soʻrovi boʻyicha u.nargiza@samsung.com ga kiring.

Samsung haqidagi oxirgi maqolalar bilan tanishing

Batafsil
Yuqoriga