SmartThings: Aqlli uy cho‘ntagingizda  

02/10/2025
Share open/close
Havola nusxalandi.

SmartThings bilan uy ishlariga emas, hayotga ko‘proq vaqt ajrating.

 

Endi birgina ilova orqali uy yoki ofisdagi barcha qurilmalarni, maishiy texnikalarni masofadan turib boshqarish mumkin. SmartThings hayotni yengillashtiradi, energiyani tejaydi va zamonaviy uy hayotini qulay qiladi.

 

 

SmartThings nima ekanligi, qanday ishlashi, afzalliklari haqidagi boshqa batafsil maqola bilan mana shu havola orqali tanishishingiz mumkin.

 

SmartThings haqida faktlar

 

  • Dunyo bo‘yicha 200 dan ortiq mamlakatda 60 milliondan ortiq foydalanuvchilar SmartThings’ni ishlatishmoqda.

 

  • Bugungi kungacha foydalanuvchilar tomonidan 1 milliarddan ko‘proq marta yuklab olingan.

 

  • Platforma 1 500 dan ortiq turdagi qurilmalarni qo‘llab-quvvatlaydi.

 

 

 

O‘zbekiston hayoti uchun real qulayliklar

 

  • Energiya nazorati: Ilova orqali qaysi qurilma qancha elektr sarflayotganini kuzatish mumkin. Bu oilaviy byudjetni tejashga katta yordam beradi.

 

  • Masofadan boshqaruv: Chet eldagi sayohatda bo‘lsangiz ham, O‘zbekistondagi uyingizdagi deyarli har bir jihozni nazorat qilish imkoniyati mavjud.

 

  • Oila uchun qulaylik: Masalan, ota-onalar ishda bo‘lsalar ham, bolalarining ortiqcha televizor ko‘rmasliklarini masofadan boshqara oladilar. Texnologiyalardan foydalanishga qiynaladigan keksalar ham ovozli boshqaruv yordamida osongina zamonaviy qulayliklardan bahramand bo‘la oladilar.

 

SmartThings Energy: tejamkorlik va mukofot

 

 

SmartThings nafaqat qulaylik, balki ekologik foyda ham beradi. AQShda ishga tushgan SmartThings Energy Flex Connect dasturi foydalanuvchilarga energiyani tejamkor ishlatgani uchun hatto Samsung Rewards mukofotlari ham taqdim etmoqda.

 

Kelajakda shunday imkoniyatlar O‘zbekistonda ham joriy etilishi kutilmoqda. Bu nafaqat byudjetni, balki atrof-muhitni asrashda ham katta ahamiyatga ega.

 

 

 

Ochiq ekotizim va kelajak

 

SmartThings – ochiq platforma. Demak, siz nafaqat Samsung texnikasi, balki boshqa ishlab chiqaruvchilarning ham ko‘plab qurilmalarini qo‘shishingiz mumkin.

 

Bundan tashqari, Samsung Matter xalqaro standartining asoschilaridan biri. Bu esa kelajakda turli brendlarning barcha aqlli qurilmalari o‘zaro muammosiz ishlashini anglatadi.

 

 

Endi aqlli uy texnologiyasi hashamat emas – bu O‘zbekistonda ham kundalik hayotning yangi standarti.

 

Batafsil ma’lumot www.samsung.com

 

Qurilmalar > Uy uchun

Agar siz mijoz bo‘lsangiz, iltimos, quyidagi sahifaga o‘ting: samsung.com
OAV va media uchun: sh.khalilova@partner.samsung.com

Samsung haqidagi oxirgi maqolalar bilan tanishing

Batafsil
Yuqoriga