Mini LED: global texnologiya – mahalliy nigoh

29/08/2026
Share open/close
Havola nusxalandi.
Samsung O‘zbekistonda Mini LED imkoniyatlarini influencer marketing orqali mahalliy madaniyat va shaxsiy hikoyalar bilan bog‘ladi

Murakkab texnologiya haqida gap ketganda, eng oson yo‘l — uning texnik xususiyatlarini sanab o‘tish. Biroq texnologiyani auditoriyaga tanish va yaqin tilda yetkazish uchun ba’zan boshqacha yondashuv talab etiladi.

Samsung O‘zbekistonda Mini LED texnologiyasini targ‘ib qilish doirasida influencer marketingga murojaat qilib, ikki xil storytelling yondashuvini tanladi. Ikki kontent yaratuvchisi bir xil texnologiyani o‘ziga xos uslubda talqin qildi: biri uni mahalliy madaniyat va sun’iy intellekt bilan bog‘ladi, ikkinchisi esa sayohatlar, yorqin taassurotlar va shaxsiy xotiralar orqali ochib berdi.

 

Mini LED: global texnologiya - mahalliy nigoh

 

Texnologiya tanish madaniy kod orqali

 

 

Kampaniyaning birinchi qismi mamlakatdagi taniqli texnoblogerlardan biri Texnoplov bilan hamkorlikda yaratildi.

 

 

 

View this post on Instagram

 

A post shared by Saadulla Abdullaev (@texnoplov)

 

Texnologik mahsulot haqida gap ketganda, odatda klassik sharhni kutish mumkin: qadoqni ochish, texnik xususiyatlarni ko‘rib chiqish, funksiyalarni namoyish etish. Ammo bu safar Mini LED’ni boshqacha rakursdan ko‘rsatish tanlandi.

 

 

Sun’iy intellekt imkoniyatlaridan foydalangan holda Mini LED texnologiyasining ishlash tamoyili o‘zbek mahallasi obrazi orqali tasvirlandi. Mahalladagi uylar, ko‘chalar va yorug‘lik o‘yini texnologiyaning asosiy xususiyatlarini tomoshabinga tanish bo‘lgan vizual kontekstda ochib berdi.

 

 

Bunday yondashuv texnik tushunchalarni oddiygina ta’riflash o‘rniga, ularni ko‘z bilan ko‘rish va his qilish imkonini beradi. Ranglarning keng diapazoni yoki yorqinlikni aniq boshqarish kabi xususiyatlar texnik terminlardan ko‘ra, tanish manzara va yorug‘lik orqali osonroq anglashiladi.

 

 

Shu bilan birga, kontent Texnoplov auditoriyasi uchun tabiiy ko‘rinishini saqlab qoldi. Texnologiya markazda bo‘lsa-da, u odatiy mahsulot sharhi emas, balki blogerning o‘ziga xos vizual tili orqali hikoya qilindi.

 

 

Natijada ushbu Reels 313 mingdan ortiq tomosha to‘pladi.

 

 

Yorqinlik — shaxsiy xotira sifatida

 

 

Kampaniyaning ikkinchi qismida Samsung Mini LED texnologiyasini shaxsiy xotiralar bilan bog‘lashga e’tibor qaratdi.

 

 

 

View this post on Instagram

 

A post shared by Jamshidxon Ziyoxonov (@ziyokhonov)

 

 

Ziyokhonov bilan yaratilgan Reels sayohatlar, vaqt o‘tishi bilan o‘zgaradigan xotiralar va ularni saqlab qolish istagi atrofida qurildi.

 

Hikoya sayohatga oid oddiy, ammo chuqur fikrdan boshlanadi: vaqt o‘tishi bilan inson xotirasidagi tafsilotlar asta-sekin xiralashadi. Kamera esa ko‘rilgan manzaralar, uchrashuvlar va unutilmas lahzalarni saqlab qoladi. Shu sababli sayohatlardan olingan videolar kontentdan ko‘ra ko‘proq — insonning shaxsiy xotiralari sifatida namoyon bo‘ladi.

 

Rolikda Braziliya, Shveytsariya, Yakutiya va Afrikadagi sayohatlardan olingan lavhalar Samsung M80H ekranida namoyish etiladi. Shu orqali televizor oddiy tomosha vositasidan ko‘ra, vaqt o‘tgan sayin qadrliroq bo‘lib boradigan xotiralarni qayta ko‘rish imkonini beruvchi vosita sifatida ko‘rsatiladi.

 

Bu hikoyada Mini LED texnologiyasi ham tabiiy ravishda o‘z o‘rnini topadi. Samsung M80H’dagi minglab mikroskopik LED’lar ekranning yorqinligi, kontrasti va tafsilotlarini aniqroq namoyish etishga yordam beradi. Natijada sayohatlarda ko‘rilgan manzaralar ekranda imkon qadar real va jonli ko‘rinishda qayta namoyon bo‘ladi.

 

Rolikning asosiy g‘oyasi esa texnik xususiyatlardan tashqariga chiqadi: sifatli tasvir — bu shunchaki chiroyli ko‘rinish emas, balki inson uchun qadrli bo‘lgan lahzalarni qayta his qilish imkoniyatidir.

 

Ziyokhonov bilan yaratilgan Reels 2 milliondan ortiq tomosha to‘pladi.

 

Bitta texnologiya, ikki xil hikoya

 

 

Texnoplov va Ziyokhonov bilan yaratilgan ikki Reels Mini LED’ni ikki xil nuqtai nazardan ochib berdi.

 

 

Birinchi hikoya AI, mahalliy madaniyat va texnologiya kesishmasida qurilgan bo‘lsa, ikkinchisi sayohatlar, xotiralar va shaxsiy taassurotlar orqali tasvirning yorqinligi va sifatini his qilishga undadi.

 

 

Ikki xil ijodiy yondashuv bir maqsadga xizmat qildi — global texnologiyani mahalliy auditoriyaga tanish bo‘lgan vizual va hissiy kontekst orqali yetkazish.

 

 

Kampaniya doirasidagi ikki Reels jami 2,3 milliondan ortiq tomosha to‘pladi.

 

 

Kampaniya global texnologik yechimlar mahalliy auditoriya bilan uning madaniyati, tajribasi va hikoyalari orqali o‘ziga xos tarzda muloqot qilishi mumkinligini ko‘rsatdi. Mini LED texnologiyali televizorlar haqida ko’proq ma’lumot olish uchun Samsung.com sahifamizga, eng so‘nggi yangiliklar va texnologiyalar haqida ko‘proq bilish uchun Samsung O’zbekistonning ijtimoiy tarmoqlar – Instagram va Telegramda kuzatib boring.

 

Qurilmalar > TV va Audio

Agar siz mijoz bo‘lsangiz, iltimos, quyidagi sahifaga o‘ting: samsung.com
OAV va media uchun: z.fozilova@partner.samsung.com

Samsung haqidagi oxirgi maqolalar bilan tanishing

Batafsil
Yuqoriga