Samsung CES 2026 doirasidagi The First Look tadbirida “Hayotingizga AI’ni olib kiradigan hamrohingiz”ni taqdim etadi
Kompaniyaning maxsus koʻrgazmasida 7-yanvarga qadar keyingi avlod AI qurilmalari va imkoniyatlari namoyish etiladi
Wynn Las Vegas mehmonxonasining Latour Ballroom zalida boʻlib oʻtgan CES® 2026 tadbiri — The First Look’da (Dastlabki nazar) oʻzining “Hayotingizga AI’ni olib kiradigan hamrohingiz”ga oid (Companion to AI Living) qarashlarini namoyish etdi. Tadbirning asosiy eʼtibori AI’ni Samsung falsafasi sifatida qabul qilishga qaratildi. Bu poydevor kompaniyaning ilmiy-tadqiqot va rivojlantirish mahsulotlarini ishlab chiqish, operatsiyalar va foydalanuvchi imkoniyatlarini oʻzaro bogʻlaydi.
Samsung’ning Device eXperience (DX) boʻlimi rahbari va bosh direktori TM Roh The First Look tadbirini ochib berar ekan, kompaniyaning AI sohasidagi yetakchiligi hamda keng qamrovli, AI imkoniyatlariga ega va oʻzaro ulangan ekotizim tufayli Samsung foydalanuvchilarga kundalik hayotlarida haqiqiy AI hamroh imkoniyatlarini taqdim eta olishini taʼriflab berdi. Ushbu yondashuv foydalanuvchilarga oʻz texnologiyalaridan shunchaki kerakli foydalarni olish emas, balki istalgan joyda yanada mazmunli lahzalarni topish imkoniyatlarini taqdim etadi.
“Samsung mobil qurilmalar, vizual displeylar, maishiy texnika va xizmatlar boʻylab yanada yaxlit, yanada shaxsiy imkoniyatlarni yaratmoqda, — dedi bosh direktor TM Roh. — Oʻzimizning global oʻzaro ulangan ekotizimimiz va AI’ni barcha toifalar boʻylab joriy etish orqali Samsung yanada mazmunli kundalik AI imkoniyatlarni taklif qilishda yetakchilik qilmoqda”.
Koʻngilochar hamroh: imkoniyatlarni faqat tomosha bilan cheklamaganda
Samsung Electronics’ning vizual displey (VD) biznesi prezidenti va rahbari Sok Vu Yong (SW Yong) hamda Samsung Electronics America’ning VD biznesi marketing va hamkorlik boʻyicha bosh direktori Suxmani Mohta sahnaga chiqib, Samsung displeylari haqiqiy koʻngilochar hamrohni taqdim etish uchun apparat mukammalligi va vizual intellektni qanday birlashtirayotganini tasvirlab berdilar. TV sanoatidagi yigirma yillik yetakchilik tajribasiga tayangan holda Samsung foydalanuvchilarga televizor bilan oʻzaro munosabatda boʻlishning butunlay yangi usulini taqdim etuvchi toʻliq AI TV qatorini yaratdi.
Displeylar qatoriga oʻlcham va tasvir sifatidagi ulkan taraqqiyotni ifodalovchi 130 dyuymli Micro RGB kirib keldi. 130 dyuymli Micro RGB ranglarning yangi davrini belgilab beradi. U Samsung eng keng va tafsilotlarga boy ranglar spektrini oʻz ichiga oladi. Uning Timeless Frame (Davr tanlamas ramka) dizayni esa chalgʻituvchi omillarni minimallashtirgan holda bejirim nafislik va yuqori tasvir sifatini bir vaqtda saqlab qolishga imkon beradi. Mikro oʻlchamdagi RGB yorugʻlik manbasi misli koʻrilmagan tasvir sifatini taʼminlaydi. Bunda har bir mikroskopik qizil, yashil va koʻk diod rangni eng sof va tabiiy shaklda ishlab chiqarish uchun mustaqil ravishda porlaydi. Micro RGB AI Engine Pro RGB ranglarini aniq boshqarish imkonini beradi va har bir sahnada hayratlanarli darajada jonli tasvir sifatini yaratadi.
Ushbu keyingi bosqichdagi tomosha imkoniyatlarini yuksaltiruvchi Vision AI Companion (VAC)[1] uyda istalgan joyda tomosha qilish, ovqatlanish va kayfiyatni yaxshilash uchun toʻliq koʻngilochar hamroh sifatida foydalanuvchilar bilan birga ishlashda AI texnologiyasidan foydalanadi. Uning yordamida foydalanuvchilar nima tomosha qilish, nima yeyish va qanday musiqa tinglash boʻyicha yoʻl-yoʻriq olishlari mumkin. Bu umumiy TV imkoniyatlarini oddiy tomosha qilishdan tepaga olib chiqadi.
Shuningdek, Samsung tomosha imkoniyatlarini shaxsiylashtirish uchun intuitiv rejimlarni taklif etadi. Futbol ishqibozlari uchun AI Soccer Mode Pro funksiyasi AI tomonidan boshqariladigan tasvir va stadion darajasidagi ovoz sozlamalari bilan oʻyin kunida yanada hayajonli hisni beradi. AI Sound Controller Pro olomon, sharhlovchi yoki fon musiqasi ovozini balandlatish yoki pasaytirish imkonini berib, telekoʻrsatuvlar va filmlar uchun shaxsiylashtirilgan tinglash imkoniyatlarini taʼminlaydi. Foydalanuvchilar shunchaki ogʻzaki soʻrovlarni ham amalga oshirishlari mumkin va VAC bilan jihozlangan har qanday televizor — Micro LED, Micro RGB, OLED, Neo QLED, Mini LED va UHD TV ushbu soʻrovlarni kontekstga qarab bajaradi.
Turli xil dasturlar boʻylab VAC umumiy turmush tarzi imkoniyatlarini ham oshiradi. Bu foydalanuvchilarga televizorda koʻrgan taomlari retseptlarini shunchaki soʻrash orqali topish imkonini beradi va salomatlik hamda fitnes maqsadlariga mos keladigan tavsiyalarni berish uchun eng soʻnggi maʼlumotlardan foydalanadi. VAC koʻp qurilmali funksionallikni ham taklif etadi: tavsiya etilgan retseptlarni bevosita boshqa qurilmalarga, masalan, uy va oshxona jihozlari boʻylab oson harakatlanish uchun moʻljallangan yangi taqdim etilgan The Movingstyle‘ga yuboradi va toʻliq ekotizim integratsiyasi orqali koʻp qurilmali imkoniyatlarga erishadi.
Samsung 11 yil ketma-ket global saundbar bozorida yetakchilik qilib kelmoqda. Bu yil u oʻzining integratsiyalashgan ekotizimini yanada kengaytirish uchun ikkita yangi WiFi karnaylarini — Music Studio 5 va 7 modellarini taqdim etmoqda. Ushbu modellar kengroq ovoz tizimi kombinatsiyalarini qoʻllab-quvvatlaydi, audiovizual sifatni oshiradi va har qanday xona estetikasini yaxshilaydi. Har bir model taniqli dizayner Ervan Burullek tomonidan musiqa va sanʼatdagi universal stildan ilhomlangan hamda Samsung’ning oʻziga xos dizayn tiliga asoslangan davr tanlamas nuqtali (dot) dizayn konsepsiyasiga ega.
Samsung foydalanuvchilarning uylari va estetikasi bilan ajoyib tarzda uygʻunlashadigan koʻplab yangi mahsulotlarni ham namoyish etdi. Yangi, oʻta ingichka OLED S95H model sanʼat galereyasi nafisligini beruvchi takomillashgan hoshiyaga ega, Samsung’ning yangi koʻchma proyektori The Freestyle+ esa VAC tomonidan quvvatlanadi va foydalanuvchilarga kontentni devorlar va shiftlarda, shuningdek, burchaklar va pardalar kabi notekis yuzalarda koʻrish imkonini beradi.
2026-yilgi TV qatori[2] HDR10+ ADVANCED texnologiyasini qoʻllab-quvvatlaydi, bu esa yaxshilangan yorqinlik, janrga asoslangan optimallashtirish, harakatni aqlli silliqlash, ilgʻor tone mapping va yaxshilangan video oʻyin imkoniyatlarini taqdim etadi.
Asosiy OTT provayderlari orasida HDR10+ qabul qilinishi oʻsib borar ekan, Samsung 2026-yilgi TV qatorida HDR10+ ADVANCED texnologiyasini birinchi boʻlib ishga tushiradi. Samsung barcha 2026-yilgi televizorlarda joriy etilgan kompaniyaning yangi fazoviy ovoz tizimi — Eclipsa Audio’ni ham taqdim etadi.
Samsung oʻzining eng ilgʻor Odyssey oʻyin monitorlari qatorini ham namoyish etdi va aniqlik, yangilanish chastotasi va immersiv vizual imkoniyatlarini kengaytiruvchi beshta yangi modelni taqdim qildi. Samsung’ning birinchi 6K 3D Odyssey G9 modeli boshchiligida 2026-yilgi qator oʻyinchilar va ijodkorlar uchun dunyodagi birinchi yangicha displey texnologiyalarini, jumladan, keyingi avlod Odyssey G6 va uchta yangi Odyssey G8 modelini chiqaradi.
Ushbu barcha displey innovatsiyalarining markazida eng kuchli Tizen OS yotadi. Endi foydalanuvchilar yetti yillik Tizen OS yangilanishlaridan bahramand boʻlishlari mumkin, bu esa televizorlarning uyga kirib kelganidan keyin ham uzoq vaqt davomida rivojlanib borishini taʼminlaydi.
Uy hamrohi: kun davomida sizga yoʻl-yoʻriq koʻrsatadigan oʻzaro ulangan aqlli jihozlar
Samsung Electronics’ning raqamli maishiy texnika (DA) boʻlimi ijrochi prezident oʻrinbosari va rahbari Cheolgi Kim hamda Samsung Electronics America (SEA) DA integratsiyalashgan marketing boʻlimi rahbari Elizabet Anderson Samsung’ning maishiy texnika yetkazib berish bilan cheklanmay kundalik yumushlardagi stressni yoʻq qilishga xizmat qiladigan haqiqiy uy hamrohiga aylanishga oid qarashlarini bayon qildilar. Chxolgi kim (Cheolgi Kim) 2025-yil dekabr holatiga koʻra SmartThings hozirda 430 milliondan ortiq foydalanuvchiga xizmat koʻrsatayotganini ham eʼlon qildi va bu Samsung’ga uni boshqa brendlardan ajratib turadigan muhim pozitsiya hamda chuqur insayt berishini taʼkidladi.
Ushbu insaytlar Family Hub bilan hayotga kiradi. AI imkoniyatlariga ega sovitkich uyning markazi boʻlib, endilikda Google Gemini[3] asosida yaratilgan AI Vision yangilanishi bilan u AI kelajagida yashash tarzini qayta belgilaydi. Ushbu yangilanish bilan AI Vision oziq-ovqat mahsulotlarini aniqlashdagi mavjud cheklovlarni ochib beradi, sovitkichga nima qoʻyilgani va nima olinganini uzluksiz kuzatib boradi, bu esa ovqat qilishni rejalashtirish va oziq-ovqat boshqaruvini yanada osonlashtiradi[4]. Family Hub shu paytgacha 10 ta CES Innovation mukofotini qoʻlga kiritdi va Samsung’ning AI imkoniyatlariga ega sovitkichlari soʻnggi uch yil davomida ushbu mukofotga sazovor boʻlmoqda.
“Bugun nima yeymiz?”[5] deb nomlangan oʻyin shakliga keltirilgan funksiya orqali muayyan sovitkichlar ichidagi mahsulotlarga asoslanib yoki tasodifiy retsept tavsiyalarini taqdim etadi. Bu nima pishirishni tanlashdagi stressni kamaytiradi. Retsept tanlanganda u SmartThings Food orqali koʻrsatiladi. Unda foydalanuvchilar darhol ishga kirishish uchun bosqichma-bosqich qoʻllanmani oladilar. Jarayonni uzluksiz qilish uchun tanlangan retsept ulangan pishirish jihozlariga ham yuborilishi mumkin. Video to Recipe (Videodan retseptga)[6] yanada soddalik qoʻshib, foydalanuvchilarga tavsiya etilgan pishirish videolarini taqdim etadi va ushbu videolarni oson bajariladigan bosqichlarga aylantiradi. Bu foydalanuvchilarga videoni toʻxtatmasdan yoki orqaga qaytarmasdan birga pishirish imkonini beradi.
Samsung foydalanuvchilarning oziq-ovqat isteʼmoli tartibini, eng koʻp ishlatiladigan masalliqlardan tortib retsept tavsiyalarigacha va qaysi mahsulotlarni toʻldirish vaqti kelganini jamlovchi FoodNote[7] nomli yangi haftalik hisobotni ham taqdim etdi. Bundan tashqari, Now Brief[8] Family Hub ekranida yanada koʻproq vidjetlarni koʻrsata oladi va Voice ID (Ovozni tanish)[9] bilan oila aʼzolarini ajrata oladi hamda har bir shaxsga tegishli kontentni namoyish etadi. Natijada ushbu funksiyalar hafta davomida turli foydali insaytlar va maʼlumotlarni taqdim etish uchun birlashadi.
Kir yuvish xonasida Bespoke AI Laundry Combo kir yuklarini bir joydan ikkinchi joyga oʻtkazish zaruratini yoʻqotib, xonadonlar uchun katta muammoni hal qiladi. Bu yilgi model super tezlik sikli va yaxshilangan quritish unumdorligi kabi kuchaytirilgan funksiyalar bilan birga keladi. Bundan tashqari, Samsung’ning yangi Bespoke AI AirDresser qurilmasi kiyimlaringiz bilan bogʻliq yana bir keng tarqalgan muammoni hal qilishga tayyor. U koʻylaklarni tekislash uchun kuchli havo va bugʻ oqimini purkaydigan Auto Wrinkle Care (Avtomatik gʻijimni yoʻqotish) funksiyasiga ega. Foydalanuvchilar faqat koʻylaklarini ilib qoʻyishlari va kutishlari kerak, bu esa shoshilinch tong vaqtlarida yukni kamaytiradi.
Uy boʻylab Qualcomm Dragonwing™ protsessori bilan quvvatlangan Bespoke AI Jet Bot Steam Ultra qahva, sharbat yoki hatto suv kabi shaffof suyuqliklarni[10] aniqlashda Active Stereo 3D sensoridan foydalanadi. Uning kamerasi navigatsiyaga yordam berish bilangina cheklanmay robot changyutkich foydalanuvchilar uydan uzoqda boʻlganlarida monitoring qurilmasi sifatida xizmat qiladi va uy hayvonlari va har qanday shubhali harakatlar haqida xabardor qiladi[11]. Bundan tashqari, yanada aqllilashgan Bixby[12] bilan foydalanuvchilar vazifalarni oson bajarish uchun oʻzlarining robot changyutkichlari bilan erkin suhbat tarzida gaplashishlari mumkin. Yaxlit, AI’ga asoslangan imkoniyatlarning oʻzagini tashkil etuvchi chuqur oʻzaro ulanuvchanlik va integratsiyaga ega Samsung’ning Bespoke AI maishiy texnikasi CES Innovation mukofotiga sazovor boʻldi.
Hartford Steam Boiler (HSB) qoʻshimcha imtiyozlar sifatida oʻzgacha hamkorlik usulidir. Bu aqlli uy uchun haqiqiy, mazmunli tejamkorlikka erishishda yordam beradi. HSB prezidenti va bosh direktori Greg M. Barats hamkorlikni muhokama qilish uchun taqdimotga qoʻshildi va sugʻurta toʻlovlarini kamaytirish uchun SmartThings’ga ulangan aqlli maishiy texnikaga ega boʻlishning potensial afzalliklarini tushuntirdi. Bu AI davrining eng yaxshi tomonidir — foydalanuvchilar uchun kuchaytirilgan himoya va kamaytirilgan xarajatlar. 2025-yilda AQSHda muvaffaqiyatli sinovdan oʻtgandan soʻng, hamkorlik AQSHning koʻplab shtatlariga, shuningdek, boshqa global mintaqalardagi yetakchi uy sugʻurta kompaniyalariga kengaymoqda.
Gʻamxoʻr hamroh: reaktiv parvarishdan proaktiv parvarishga oʻtish
Nihoyat, Samsung Research America (SRA) prezident oʻrinbosari va raqamli salomatlik boʻlimi rahbari Pravin Raja parvarishni reaktiv ehtiyojdan proaktiv imkoniyatga oʻtkazib, Samsung’ning integratsiyalashgan qurilmalar ekotizimi tomonidan taʼminlanadigan intellektual parvarish boʻyicha uzoq muddatli qarashlarini taqdim etdi. AI bilan telefonlar, maishiy texnika, taqiladigan qurilmalar va boshqa ulangan qurilmalar foydalanuvchilarga sogʻliqqa oid ehtimoliy muammolarning oldini olishga yordam beradi.
Masalan, Samsung asosiy surunkali kasalliklar xavfini kamaytirishga yordam beradigan samarali mashqlar va uyqu boʻyicha murabbiylikni taklif qiluvchi hamda ulangan sovitkichlarda mavjud boʻlgan masalliqlarga asoslangan tegishli retseptlarni taklif qiluvchi shaxsiylashtirilgan salomatlik murabbiyligini taqdim etishni maqsad qilgan. Bundan tashqari, agar biron bir gʻayritabiiy belgilar yoki simptomplar aniqlansa, u foydalanuvchilarni ogohlantiradi va ularning salomatlik koʻrsatkichlarini Xealth platformasi orqali provayderlar bilan boʻlishishga va virtual professional maslahatlar olishni osonlashtirishga imkon beradi.
Profilaktik salomatlik muhimligini anglagan holda Samsung tadqiqot hamkorliklari orqali demensiyani aniqlash boʻyicha oʻz imkoniyatlarini kengaytirmoqda. Bunda taqiladigan qurilmalar uzoq muddatli kognitiv oʻzgarishlardan darak berishi mumkin boʻlgan harakatchanlik, nutq va xatti-harakatdagi nozik oʻzgarishlarni qayd etadi.
Samsung Knox va Knox Matrix foydalanuvchi maʼlumotlarini har qadamda himoya qilib, ushbu o‘ta shaxsiylashtirilgan ekotizimning poydevori boʻlib xizmat qiladi. AI doimiy ravishda rivojlanib borayotgani kabi, Knox va Knox Matrix ham shundaydir. Doimiy oʻzgarishlarga qaramay xavfsizlikni taʼminlash uchun Samsung xavfsizlik tizimlari AI’ni oʻqitish jarayonlarida maʼlumotlarni himoya qilishni takomillashtirish va mutaxassis jamoa tahlili bilan modellarni tasdiqlash orqali AI xavflarini muntazam ravishda aniqlab kelmoqda.
CES’dagi Samsung koʻrgazma zonasi 4–7-yanvar kunlari jamoatchilik uchun ochiq boʻladi. Qoʻshimcha maʼlumot uchun Samsung Newsroom saytiga tashrif buyuring.




[1] Funksiya maʼlum mintaqalar va modellarda mavjud. Mavjudlik va qoʻllab-quvvatlanadigan funksiyalar mintaqa va tomosha sharoitlariga qarab farq qilishi mumkin. Ovozli buyruqlar ingliz, fransuz, ispan, portugal, nemis, italyan va koreys tillarini aniqlaydi, ammo barcha aksentlar, dialektlar va iboralar tanilmasligi mumkin. Bu funksiya AI tomonidan yaratilgan kontentni taqdim etadi, aniqlik kafolatlanmaydi, shuning uchun natijalar tasdiqlanishi kerak. Maxsus Bluetooth pulti (TM2660H/TM2661H) talab qilinadi (baʼzi modellarda alohida sotiladi). Baʼzi modellar (M70H/U800H) qutisidagi pult ovozni aniqlashni qoʻllab-quvvatlamaydi. Mobile Quick Remote (Mobil tezkor pult) yoki alohida sotib olingan Bluetooth pulti talab qilinadi. Funksiyadan AI tugmasi yoki AI tugmasi boʻlmagan pultlarda Home tugmasi (uzoq bosib turish orqali) yordamida foydalanish mumkin.
[2] HDR10+ ADVANCED quyidagi modellarda mavjud boʻladi: QN990H, R95H, S95H, S90H, R90H, S85H, LS03HW, LS03H va QN80H.
[3] Google Gemini Google LLC tomonidan taqdim etiladi. Xizmatning mavjudligi, qoʻllab-quvvatlanadigan funksiyalar va aniqlik mamlakat, til, qurilma modeli va OS/One UI versiyasiga qarab farq qilishi mumkin. Foydalanuvchilar 18 yosh yoki undan katta boʻlishi kerak. Baʼzi funksiyalar qoʻshimcha ilova sozlamalarini talab qilishi mumkin, funksiyalar yoki natijalar obunaga qarab farq qilishi mumkin.
[4] AI Vision sovitkichning ichki kamerasi va oziq-ovqat mahsulotlarini aniqlashga yordam beradigan AI’ga asoslangan qayta ishlash jarayonini anglatadi. Wi-Fi tarmogʻi va Samsung akkaunti talab qilinadi. Agar oziq-ovqat mahsuloti tanilmasa, u nomaʼlum mahsulot sifatida roʻyxatga olinishi mumkin. AI Vision muzlatkichdagi oziq-ovqat mahsulotlarini aniqlay olmaydi va roʻyxatga kiritmaydi. Aniqlash jarayonini yaxshilash uchun vaqti-vaqti bilan yangilanishi mumkin boʻlgan AI modellaridan foydalanadi. Foydalanuvchi uning aniqligini taʼminlash uchun roʻyxatni qoʻlda tekshirishi va sozlashi kerak boʻlishi mumkin. Kamera ishlayotganda qizil chiroq yonadi. Foydalanuvchining koʻrinishi tasvirga olinishi mumkin, ammo oziq-ovqat mahsulotidan boshqa joylar avtomatik ravishda xiralashtiriladi.
[5] Wi-Fi tarmogʻi va Samsung akkaunti talab qilinadi.
[6] AI Vision sovitkichning ichki kamerasi va oziq-ovqat mahsulotlarini aniqlashga yordam beradigan AI’ga asoslangan qayta ishlash jarayonini anglatadi. Wi-Fi tarmogʻi va Samsung akkaunti talab qilinadi. Agar oziq-ovqat mahsuloti tanilmasa, u nomaʼlum mahsulot sifatida roʻyxatga olinishi mumkin. AI Vision muzlatkichdagi oziq-ovqat mahsulotlarini aniqlay olmaydi va roʻyxatga kiritmaydi. Aniqlash jarayonini yaxshilash uchun vaqti-vaqti bilan yangilanishi mumkin boʻlgan AI modellaridan foydalanadi. Foydalanuvchi uning aniqligini taʼminlash uchun roʻyxatni qoʻlda tekshirishi va sozlashi kerak boʻlishi mumkin. Kamera ishlayotganda qizil chiroq yonadi. Foydalanuvchining koʻrinishi tasvirga olinishi mumkin, ammo oziq-ovqat mahsulotidan boshqa joylar avtomatik ravishda xiralashtiriladi.
[7] AI Vision sovitkichning ichki kamerasi va oziq-ovqat mahsulotlarini aniqlashga yordam beradigan AI’ga asoslangan qayta ishlash jarayonini anglatadi. Wi-Fi tarmogʻi va Samsung akkaunti talab qilinadi. Agar oziq-ovqat mahsuloti tanilmasa, u nomaʼlum mahsulot sifatida roʻyxatga olinishi mumkin. AI Vision muzlatkichdagi oziq-ovqat mahsulotlarini aniqlay olmaydi va roʻyxatga kiritmaydi. Aniqlash jarayonini yaxshilash uchun vaqti-vaqti bilan yangilanishi mumkin boʻlgan AI modellaridan foydalanadi. Foydalanuvchi uning aniqligini taʼminlash uchun roʻyxatni qoʻlda tekshirishi va sozlashi kerak boʻlishi mumkin. Kamera ishlayotganda qizil chiroq yonadi. Foydalanuvchining koʻrinishi tasvirga olinishi mumkin, ammo oziq-ovqat mahsulotidan boshqa joylar avtomatik ravishda xiralashtiriladi.
[8] Wi-Fi tarmogʻi va Samsung, Google yoki Microsoft akkaunti talab qilinishi mumkin. Har bir qurilmada bir xil logindan foydalanishingiz kerak. Baʼzi ilovalarning mavjudligi mamlakat, mintaqa, xizmat koʻrsatuvchi provayder, tarmoq muhiti yoki qurilmaga qarab farq qilishi va ogohlantirishsiz oʻzgartirilishi mumkin.
[9] Har bir foydalanuvchi ekranli maishiy texnikada oldindan Samsung akkauntini ochishi kerak. Bitta qurilmada oltitagacha akkaunt roʻyxatdan oʻtkazilishi mumkin. Voice ID’dan foydalanish uchun foydalanuvchilar Bixby shartlari va qoidalariga rozi boʻlishlari kerak. Voice ID akkauntini ochish muayyan maishiy texnika, televizor va mobil qurilmalarda mavjud boʻlib, har bir akkaunt uchun faqat bitta ovoz roʻyxatdan oʻtkazilishi mumkin.
[10] Suyuqlik toʻkilishi suv yoki sharbat kabi 7 sm x 7 sm (hajmi 15 ml) yoki undan katta oʻlchamdagi rangli yoki shaffof suyuqlik sifatida belgilanadi. Aniqlashga suyuqlikning oʻlchami yoki pol atrofidagi holat, masalan, pol naqshi, polning rangi, tushgan yoki aks ettirilgan yorugʻlik yoki suyuqlikning shakli taʼsir qilishi mumkin. Poldagi haddan ziyod suyuqlik ikkilamchi ifloslanishga olib kelishi mumkin.
[11] Android va iOS qurilmalarida mavjud boʻlgan SmartThings ilovasini yuklab olish kerak. Wi-Fi tarmogʻi va Samsung akkaunti talab qilinadi. Faqat mushuk va itlarni aniqlashi mumkin. Aniqlash imkoniyatlari uy hayvonining holati yoki joylashuvi tufayli noaniqlashishi mumkin. Uy hayvoningizni aniqlash qobiliyati hayvon turiga va yashash muhitiga qarab farq qilishi mumkin. U faqat umumiy vizual koʻrsatkichlar asosida uy hayvonining mavjudligini aniqlaydi va har bir uy hayvonlarini alohida ajrata olmaydi. Har bir maishiy texnika SmartThings ilovasi orqali uy hayvonlari uchun optimallashtirilgan holatga sozlanishi kerak.
[12] Bixby — bu Samsung’ning buyumlar interneti (IoT) ovozli yordamchisi brendi. Bixby xizmatining mavjudligi mamlakatga qarab farq qilishi mumkin. Bixby muayyan tillarni va maʼlum aksentlar/dialektlarni, jumladan, koreys, ingliz (AQSH/Birlashgan Qirollik/Hindiston), ispan (Meksika/Ispaniya), nemis, fransuz, italyan va portugal (Braziliya) tillarini aniqlaydi. Foydalanuvchi interfeysi oʻzgarishi va qurilmaga qarab farq qilishi mumkin. Bixby funksiyalari va kontent provayderlarining mavjudligi mamlakat/operator/til/qurilma modeli/OS versiyasiga qarab farq qilishi mumkin. Samsung akkauntiga kirish va internet tarmogʻiga ulanish (Wi-Fi yoki sim karta) talab qilinadi.
Agar siz mijoz bo‘lsangiz, iltimos, quyidagi sahifaga o‘ting: samsung.com
OAV va media uchun: sh.khalilova@partner.samsung.com