Tez kunda: maxfiylikning yangi darajasi uchun besh yillik ishlanmalar
Shaxsiy maʼlumotlaringizni haqiqatda shaxsiy qoldiruvchi texnologiyalar
Smartfon – bu oʼta shaxsiy soha boʼlib, biroq koʼpincha hollarda undan mutlaqo ommaviy sharoitda foydalanadilar. Аvtobusda, liftda yoki navbatda turganingizda ekrandagi maʼlumotlar beixtiyor atrofdagilarga koʼrinib qoladi. Va gadjetlar yanada chuqurroq kundalik hayotga kirib borar ekan, maxfiylik masalasi yanada oʼtkirlashib boraveradi.
Аynan shuning uchun Samsung istalgan qiziquvchan koʼzlardan himoyalanishning yangi standartini namoyish qiladi. Innovatsiyalar hattoki koʼplab odamlar toʼplanib qolgan joylarda ham begonalarning kuzatuvidan xavotir olmasdan xabarlarni bemalol koʼrib chiqish yoki parol kiritish imkonini beradi.
Maʼlumotlarning moslashuvchan himoyasi: ko‘p yillik ishlar natijasi
Maxfiylikka boʼlgan ehtiyojlar shaxsiy boʼladi, va shuning uchun yangi texnologiya har bir kishi uchun optimal rejim tanlovini taklif qiladi. Uning funksionali maʼlum bir ilovalar bilan ishlaganda yoki maxfiy maʼlumotlarni kiritishda himoyani kuchaytirish imkonini beradi. Egiluvchan koʼrinuv sozlamalari tufayli ekranning obzorini ayni paytda kerakli darajada cheklash mumkin.
Shuningdek interfeysning alohida elementlari himoyasi, masalan suzib chiquvchi xabarnomalar ham nazarda tutilgan. Bu funksiyani batafsil oʼzingizga moslab sozlashingiz yoki butunlay oʼchirishingiz mumkin.
Ushbu yechimni yaratishga besh yildan koʼp muddat davomida loyihalashtirish, sinov va mukammallashtirish ishlari sarflangan. Uning asosida foydalanuvchilar odatlarini chuqur tahlillash hamda kundalik hayotda xavfsizlikni qabul qilish yotadi. Uning natijasida dasturiy va apparatli vositalar uygʼunligiga erishilib, u qurilmadan foydalanishda ishonchli himoyani taʼminlaydi hamda toʼsiqlar yaratmaydi.
Mobil maxfiylikning yangi standarti
Ushbu ishlanma xavfsizlik sohasidagi Galaxy innovatsiyalar seriyasini davom ettiradi, zero haqiqiy maxfiylik ishonchli himoyasiy mavjud boʼlmaydi. Oʼn yildan koʼproq vaqt davomida Samsung Knox tizimi Knox Vault kabi apparatli yechimlardan tortib Knox Matrix orqali butun eko tizimlar himoyasigacha boʼlgan qurilmalar koʼp darajali xavfsizlikni taʼminlaydi.
Bu koʼrinarli maxfiylik va sezilarli xavfsizlik boʼlib, yaqin orada u barcha Galaxy qurilmalarida paydo boʼladi.
Qurilmalar > Mobil
Agar siz mijoz bo‘lsangiz, iltimos, quyidagi sahifaga o‘ting: samsung.com
OAV va media uchun: sh.khalilova@partner.samsung.com