Knox kundaligi: siz ulashayotgan maʼlumotlar maxfiyligicha qolishiga ishonch hosil qiling
Private Sharing va Enhanced Data Protection bilan maʼlumotlaringizni xavfsiz saqlashda Galaxy qoʻllaydigan ilgʻor texnologiyalar
Shaxsiy hayotga tajovuzkorlik va egalik huquqi himoyalanmasligiga bogʻliq tashvishlar tobora keng tarqalgan. Texnologiya hayotimizga kun sayin singib borar ekan, muloqotlarimiz ham tobora koʻproq onlayn tarzda amalga oshadi. Bu esa koʻpincha internet orqali nozik va shaxsiy maʼlumotlarni almashishimizni anglatadi.
Bunday muloqotlarni toʻgʻri usulda oʻtkazishni bilish qiyin boʻlishi mumkin. Masalan, sizda uchinchi tomon xabar almashish platformalarining xavfsizligi bilan bogʻliq xavotirlar boʻlishi mumkin. Yoki sizning shaxsiy xabarlaringiz va maʼlumotlaringiz server hujumi yoki telefoningiz yoʻqolishi holatlarida ular birovning qoʻliga tushib qolishidan xavotirda boʻlishingiz mumkin. Boshqa qurilmaga ulanayotganda, maʼlumotlaringizni birov koʻrib qolmasligi va ularni xavfsiz saqlash haqida tashvishlanishingiz mumkin.
Biz, Samsung, bularning barchasini oʻylab koʻrdik va maʼlumotlaringizni oʻzingiz ishongan kishilar bilan xavfsiz va qulay tarzda ulashish uchun sizni himoya qilishni oʻz vazifamizga aylantirdik.
Private Sharing va Quick Share
Hech bunday vaziyatga tushib qolganmisiz? Siz endigina tugʻilgan chaqalogʻingizning suratlarini yoki yaqinda oʻtkazgan taʼtilingizdagi videolarni ulashmoqchisiz, lekin ularni shunchaki internetga qoʻyib qoʻymaslikni yoki siz bilgan kishilardan boshqa hech kimga koʻrinmasligini istaysiz.
Samsung Galaxy bu muammoni hal qilish uchun oʻzining yechimiga ega: Quick Share va Private Sharing birlashmasi — maxfiylik bilan fayl almashish funksiyasi maʼlumotlaringizni xotirjamlik bilan ulashish imkonini beradi.
Private Sharing bilan siz va faqat siz maʼlumotlaringiz egasisiz. Siz yuborgan fayllarni faqatgina belgilangan kishilar ochishi mumkinligiga ishonch hosil qilishingiz mumkin. Shuningdek, siz maʼlumotlar uchun ruxsatnomalar va amal qilish muddatini belgilashingiz mumkin, bu orqali ularni faqat cheklangan vaqt davomida koʻrish mumkin boʻladi. Bundan tashqari, siz tarqatish imkoniyatisiz faqat oʻqish uchun ruxsat berishingiz mumkin; istalgan vaqtda maʼlumotlarga kirishni bekor qila olasiz; skrinshot olishni cheklay olasiz hamda qabul qiluvchi faylni qachon olganini va ochganini koʻra olasiz.
Private Sharing kontentingizni xavfsiz va oson ulashish imkonini beradi va siz bir vaqtning oʻzida umumiy hajmi 200 MB dan kam boʻlgan 20 tagacha faylni almashishingiz mumkin.[1] Shuningdek, barcha fayllaringiz blokcheynga asoslangan shifrlash texnologiyasi yordamida toʻliq shifrlanadi.
Private Sharing’dan foydalanish uchun yubormoqchi boʻlgan faylni tanlang va “Ulashish” belgisiga bosing. Qoʻshimcha menyularni koʻrish uchun Quick Share tugmasidan keyin yuqori oʻng burchakdagi uchta nuqta ustiga bosing. Keyin Private Sharing’ni yoqing. Xabar yuborilgandan soʻng siz nima yuborganingizni tekshirishingiz va amal qilish muddatini oʻzgartirishingiz yoki ulashuv ruxsatlarini bekor qilishingiz mumkin.
Shaxsiy fotosurat yoki fayllarni adashib tashlab yuborish yoki maʼlumotlaringiz begona qoʻllarga tushib qolishidan endi tashvishlanmang. Quick Share va Private Sharing kombinatsiyasi yordamida siz qaysi maʼlumotlaringizni kimga ulashayotganingizni nazorat qila olasiz va har qadamda ogohlantirilib turasiz.
Raqamli shifrlash va maʼlumotlarni yuqori darajada muhofazalash tizimi
Mana bunday holat har qaysi odamni vahimaga soladi: siz tashrif buyurgan veb-saytda xatolik ketgani va akkauntingiz saqlanadigan serverni xakerlar buzgani haqida bildirishnoma oldingiz.
Hech kim oʻzining maʼlumotlarini tarqalib ketishini xohlamaydi. Ammo Galaxy’ning Maʼlumotlarni yuqori darajada muhofazalash tizimi (Enhanced Data Protection) bilan siz Samsung Cloud’da maʼlumotlaringiz xavfsiz saqlanishiga ishonch hosil qilishingiz mumkin.
Galaxy S24 dan boshlab maʼlumotlarni yuqori darajada muhofazalash tizimi Samsung Cloud bilan maʼlumotlaringizni sinxronlash yoki zaxiralashda Galaxy qurilmalari uchun qoʻshimcha himoyani taqdim etadi.[2] Bu xususiyat maʼlumotlarni raqamli shifrlash (E2EE) orqali maʼlumotlar yoʻqolishini kamaytiradi. Bu esa maʼlumotlaringizni qurilmangizdagina shifrlash va shifrdan chiqaradigan qiladi va bu orqali sizdan boshqa hech kim maʼlumotlaringizni koʻra olmaydi. Boshqacha qilib aytganda, siz xavfsiz holda boshqa qurilmalarga ulana olasiz va hatto server buzilganda yoki akkauntingiz oʻgʻirlangan taqdirda ham maʼlumotlaringiz xavfsiz saqlanadi.
Maʼlumotlarni yuqori darajada muhofazalash tizimini faollashtirgach, qurilmangizni yoʻqotib qoʻyadigan holatlarda maʼlumotlaringiz yoʻqolishining oldini olish uchun sizdan qutqaruv kodini kiritish soʻraladi.
Maʼlumotlarni yuqori darajada muhofazalash tizimidan foydalanish uchun Samsung Cloud ilovasini oching, qoʻshimcha menyularni koʻrish uchun uchta nuqta ustiga bosing, “Sozlamalar”ni tanlang, soʻng “Maʼlumotlarni yuqori darajada muhofazalash tizimi”ni tanlang. Bu yerdan siz zaxira nusxasini yoki sinxronlangan maʼlumotlarni shifrlashni tanlashingiz mumkin. Shu oʻrinda ushbu funksiyani topish uchun qurilmangiz sozlamalarini ochib, “Xavfsizlik va maxfiylik” boʻlimiga oʻtishingiz ham mumkin.
Raqamli shifrlangan maʼlumotlarni faqat Maʼlumotlarni yuqori darajada muhofazalash tizimi funksiyasidan foydalanadigan qurilmalardagina ochish mumkin va unga boshqa hech kim, jumladan Samsung ham ocha olmaydi.
Bilamizki, foydalanuvchilarimiz oʻz qurilmalari va maʼlumotlari himoyalanganligini bilgan holda hayotlaridan xavotirsiz bahramand boʻlishni istashadi. Galaxy sizga buni amalga oshirishga yordam beradi. Sizni biz qoʻllab-quvvatlab turganimizni bilar ekansiz, endi xavotirsiz bemalol ishlashingiz mumkin.
[1] Shaxsiy almashish Android OS 10 (Q OS) yoki undan keyingi versiyalari va One UI 2.1 yoki keyingi versiyalariga ega Galaxy qurilmalari o‘rtasida qo‘llab-quvvatlanadi. Bir vaqtning o’zida eng ko’pi 20 ta fayl va 200 MB o’tkazilishi mumkin. Ulashish mumkin boʻlgan fayl turlariga rasm (.jpg, .jpeg, .png, .gif, .bmp, .webp, .heic, .dng), video (.webm, .mp4, .3gp, .3g2, .mkv), audio (.mp3, .wav, .ogg, .m4a) va hujjatlar (.txt, .pdf) kiradi.
[2] Maʼlumotlarni yuqori darajada muhofazalash tizimi mavjudligi va qoʻllab-quvvatlanishi qurilma modeli va operatsion tizimiga qarab farq qilishi mumkin.
TAGSEnd-to-end encryptionEnhanced Data ProtectionGalaxyPrivacyPrivate SharingQuick ShareSamsung CloudSecurity
Qurilmalar > Mobil
Mijozlarga xizmat koʻrsatishga aloqador har qanday masala boʻyicha yordam uchun https://www.samsung.com/uz_uz/info/contactus/ ga kiring.
Media fayllar soʻrovi boʻyicha u.nargiza@samsung.com ga kiring.